To'rtinchi sir

HARAKATLARNING PUXTA O'YLANGAN
REJASI QUVVATI

Demak, siz maqsadlaringizni yozib qo'yib ularni hozirgi zamonda va bo'ladigan tarzda ifodaladingiz; ushbu maqsadlarga erishish uchun istalgan muddatingizni belgiladingiz va ularga yetishishda muhim bo'lgan sabablarni aniqladingiz. Endi niyatingiz ravshan  siz nimani xohlashingiz, nima uchun xohlashingiz va qaysi muddatgacha uni xohlashingizni bilasiz  xo'sh, endi u yog'iga nima qilasiz?
Yigitcha o'z ro'yxatidagi to'rtinchi odam, katta xalqaro nashriyot kompaniyasining bosh muharriri Erika Xill ro'parasida o'tirar edi. Yigitcha missis Xillni ko'rganda uning nihoyatda yoshligidan hayratga tushdi. Bunday lavozimda yoshi ulug'roq kimsani uchratishni kutardi, lekin Xill xonim 39 yoshda bo'lishiga qaramasdan, yoshiga nisbatan o'n yoshga yoshroq ko'rinardi. Sariq sochlari uzun va kulrang ko'zlari chaqnoq bu maftunkor ayol uch farzandli esa-da, o'zining sarv qomatini saqlab qolgan edi.
  Rostini aytsam,  javob berdi yigitcha,  bilmayman. O'ylaymanki, siz haqsiz. Men o'z maqsadlarimni bilaman, lekin qachon bo'lmasin, ularga qanday erisha olishimni bilmayman.
  Ha, xuddi shunday,  dedi Xill xonim.  O'n ikki yil muqaddam men xuddi shunday vaziyatda edim. Men o'z xizmat sohamni erkin jurnalist sifatida boshlaganman, hatto homiladorlik chog'imda ham, shuningdek, farzandlar tarbiyasi bilan shug'ullanish vaqtida ham faoliyatimni davom ettirganman. O'sha kezlari meni qiziqtirgan mavzu  yosh onalar va oilalar haqida yozardim. Bu degani, oilamizda qanday voqea sodir bo'lmasin, odatda maqolalarimga material topa olardim. Ulardan ko'pchiligini men gazeta va jurnallarga sotardim, agar uch bolamning tarbiyasi bilan ham bandligimni hisobga olganda, umuman hayotim yo'lga yomon qo'yilmagandi. Lekin boshqa orzularim bor edi. Istagim  shaxsiy jurnal nashr etish edi. Buning uchun juda katta mablag' zarurligi bois bu orzuim hech amalga oshmasdek tuyulardi.
Kunlardan birida men intervyu olish uchun shimolga yo'l oldim va nogoh o'sha shaharga ketayotgan keksa xitoylikni ko'rib qoldim. U bag'oyat do'stona kayfiyatda edi va biz yo'l bo'yi gurunglashib ketdik. Qaysidir soniyada unga jurnalistligimni va o'z shaxsiy jurnalimni yaratishni orzu qilishimni, ammo buning uchun kattagina mablag' talab etilishi bois orzuim qachon bo'lmasin amalga oshishi gumonligini aytdim.
U men tomonga xiyol engashib, qo'limdan tutdi va: Basharti siz buni astoydil istasangiz, bu orzu emas dedi.
 Bu nima degani?  so'radi yigitcha.
 Men unga xuddi shu savolni berdim, javol berdi Xill xonim,  keksa hitoylik: Sizning aqligiz yetgan va ishona olgan barcha narsaga yetishish mumkin dedi.
Yigitcha keksa xitoylik unga xuddi shunday deganini xotirladi va yon daftarchasiga yoza boshladi.
 Shundan so'ng chol Haqiqiy Boylik sirlari haqida to'xtaldi,  davom etdi Xill xonim.  U menga o'n kishining ism-familiyasi va telefol raqamlarini berdi va bu sirlar nimaligini o'sha kishillar anglatishi mumkinligini aytdi. Men ularninl hammasi bilan ko'rishmoqchi bo'ldim, chunki bundan shunchaki yaxshi bir hikoya chiqishi mumkin edi, lekin tez orada chol va'da qilganini ular bajarayotganiga amin bo'ldim. Butun hayotimga ulkan ta'sir etgan sirlardan biri harakatlarning puxta o'ylangan rejasi quvvati edi.
  Buning zamirida aynan nimani nazarda tutyapsiz?  so'radi yigitcha.
  Siz nimani istashingiz va nima uchun istashingizni bilishingiz juda muhim va ba'zan hayotingizga maqsadlaringizni kiritish uchun shuning o'ziyoq kifoya etadi. Basharti ko'zlagan maqsadingizga erishish yo'lida biror-bir harakatni qo'llalamoqchi bo'lsangiz, sizni bu maqsadlarga yaqinlashtiruvchi xatti-harakatlar yo'riqlarini ishlab chiqishingiz kerak. Hamma ilg'or sportchilar o'z kelajagini rejalashtiradilar. Ular musobaqalar vaqtida yaxshi formada bo'lishga harakat qilishi va shu holatni o'zlariga ta'minlash uchun mashq qilish jadvalini tuzadilar. Musobaqadan avval va keyin ikki hafta  ularga to'g'ri kelmaydi. Agar ular eng yaxshi natijalarga erishmoqchi bo'lsalar, o'sha voqeaning aynan o'sha davrida ularning eng yaxshi holati zarur. Xuddi shuning kabi hayotda ham: o'z mulkini yaratishda avval harakatlar rejasini o'ylab olib, shu asosda amal qilmagan biron-bir millioner yo'q. Bundan bir necha yillar muqaddam juda badavlat va tadbirkor biznesmendan uning muvaffaqiyatlarining siri nimadaligini so'raganimda, u menga uch narsaga: tartibli bo'lish, tartibli bo'lish, tartibli bo'lish!.. qoidasiga amal qilgani tufayli hamma tilaklariga yetganini aytib berdi. Bu javobda chuqur ma'no bor. Siz arxitektor rejasisiz imorat qurishni tasavvur eta olasizmi? Buning uchun qanday ashyo va uskunalar talab etiladi? Poydevor qayerga qo'yiladi? Bino qanday shaklda bo'ladi va necha qavatli quriladi? Agar rejangiz bo'lmasa, hatto ishni nimadan boshlashni ham bilmaysiz.
Yigitcha rozi bo'lganday bosh irg'adi.
 Nima qurish niyatida bo'lsangiz ham, bu uy, kema, avtomobil... yoki davlat bo'lsin, o'sha tamoyillar hamma narsalarga qo'llanadi. Barchasi uchun harakatlarning o'ylangan rejasi zarur.
Harakatlarning o'ylangan rejasini tuzib, hayotimizni shunchaki qurishga kirishish o'rniga o'zimiz istaganimizcha umr kechirmoq uchun hayotimizni rejalashtira olamiz. Bu hatto mayda masalalarda ham asosiy o'rindir: faraz qilaylik, televizoringiz ishdan chiqdi va sizga yangisi kerak. Siz sotib olmoqchi bo'lgan televizor rusumi va sotuvchi ham ma'lum. Keyingi savol: uni olish uchun nima qilish kerak?
 Siz o'sha do'konni topishingiz, u yerga borib, zarur molni xarid qilishingiz kerak,  dedi yigitcha.
 Yaxshi, bunday televizorlar sotiladigan, do'konni topdingiz. Lekin ular juda qimmat bo'lsa-chi?
 U holda uni xarid qilolmaysiz. Bu juda oddiy hol,  javob berdi yigit.
 Keksa xitoylik bilan suhbatlashganingizda muammolarni yechishning oltin qoidasini aytganmidi?  so'radi Xill xonim. U yon daftarchasini varaqlab, yigitga kerakli betni topdi. Sen barcha imkoniyatlarni sinab ko'rgandek tuyulgan taqdirda o'qidi u,  bunday emasligini yodingda tut.
 To'gri!  xitob qildi Xill xonim.  Doim boshqa bir yo'l bor. Shunchaki uni topishingiz kera Demak, faraz qilaylik, televizor ikki yuz funt turadi, sizda esa faqat yuz funt bor. O'sha televizorni sotib olish uchun nima qilasiz?
 Kutishingiz mumkin. Yuz funtini to'lab, qolganini yig'ishingiz mumkin. Oyiga o'n funtda yig'ilsa, o'n oy ichida televizor sizniki.
 Ha, shunday imkoniyat ham bor. Lekin unda o'n oy davomida umringizni televizorsiz o'tkazishingizga to'g'ri keladi. Yana nima qilishingiz mumkin?
  Menimcha, qarz ko'tarishim yoki uni kriditga olishim mumkin.
  Bu yana bir imkoniyat, lekin basharti tez muddatda qarzdan qutulolmasangiz, katta miqdorda foiz to'lashingizga to'g'ri keladi.
  O'ylab topishim mumkin bo'lganining hammasi shu,  dedi yigitcha.
  Yaxshi. Biroq, ular narxini tushirishga ko'nmasmikanlar? Ko'pchilik do'konlar mollariga yuqori baholarni qo'yadilar, lekin ular sag'al arzonroq bahoda ham sotishga tayyor ekanini hatto tasavvur ham qilolmaysiz. Yoki siz ulardan foizsiz kredit berishi mumkinligi to'g'risida so'rashingiz ham mumkin.
Ular hatto sizning eski televizoringizni to'lov qismi sifatida qabul etishlari ham mumkin. Ko'rib turganingizdek, doimo bir qancha variantlar mavjud. Birinchi qarashda hech qanday imkonsiz tuyulgan narsa, basharti o'tirib, harakatlarning o'ylangan rejasini tuzib olsangiz, aslida juda ko'p imkoniyatlar mavjudligini ko'rasiz.
Talab etilajak narsa,  bu bor yo'g'i o'nta banddan iborat amal etish rejasini tuzmoq,  imkoni mavjud bo'lgan o'nta yechimni yozishdir.
 Siz biron-bir misol keltira olasizmi?  so'radi yigitcha.
  Albatta. Masalan, menga taalluqli masala yuzasidan, shaxsiy jurnal chiqarishim uchun yuz ming funt zarur edi. Natijada men o'nta imkoni mavjud yechimni yozdim:
1. Yuz ming funt mablag' kirita oladigan odam yoki kompaniyani topish.
2. Har biri ellik ming funtdan mablag' kirita oladigan ikkita investorni topish.
3. Har biri yigirma ming funtdan mablag' kirita oladigan beshta investorni topish.
4. Har biri o'n ming funtdan mablag' kirita oladigan o'nta investorni topish.
5. Har biri besh ming funtdan mablag' kirita oladigan yigirmata investorni topish.
6. Har biri ikki ming funtdan mablag' kirita oladigan ellikta investorni topish.
7. Har biri ming funtdan mablag' kirita oladigan yuzta investorni topish.
8. Har biri besh yuz funtdan mablag' kirita oladigan ikki yuzta investorni topish.
9. Qaysidir miqdordagi mablag'ni bankdan qarzga olish.
10.Men bilan hamkorlikda jurnal chiqaradigan biron-bir davlat nashriyot kompaniyasiga g'oyamni sotish.
Endi butun loyiham avval boshdagidek unchalik ehtimoldan uzoqday bo'lib ko'rinmay qoldi. Men imkoni mavjud yechimlar ro'yxatini tuzdim. Endi ketiga tushgan har qanday maqsadim loyihasini amalga oshirish uchun o'n banddan iborat reja tuzib olaman.
  Tushunarli. Bu har qanday vaziyatda qo'l keladimi?  so'radi yigitcha.
  Albatta, chunki bu o'z maqsadingizga yetishish yo'lida avval hatto o'ylamagan turli-tuman yolarni tadqiq qilishga majbur etadi. Bir kun boshqa bir shaharda yangi cherkov ochmoqchi bo'lgan amerikalik ruhoniy to'g'risida hikoya o'qib qoldim. Cherkov qurish uchun mablag'i bo'lmaganidan u o'nta banddan iborat reja tuzibdi. quyidagilarni yozgan:
1. Maktab binosini ijaraga olish.
2. Masonlar joyini ijaraga olish.
3. Ovchilar uyini ijaraga olish.
4. Janoza o'qiladigan masjid binosini ijaraga olish.
5. Bo'sh ombor o'rnini ijaraga olish.
6. Jamoat klubi joyini ijaraga olish.
7.Yettinchi kun adventistlari cherkovini ijaraga olish.
8.Yahudiylar ibodat qiladigan joyni ijaraga olish.
9. Avtomobilchilar teatrini ijaraga olish.
10. Hali qurilmagan yer uchastkasi, tent va yig'ma o'rindiqlarni ijaraga olish.
Kutilmaganda unda o'nta imkoniyat paydo bo'ldi va u ishini avtomobilchilar teatrida o'z cherkovini joylashtirishdan boshladi. Bir necha yillardan so'ng doktor Robert Shullerning butun mamlakatga ko'rinarli darajada baland qo'ng'iroqxonali kafedral sobor qurish orzusi tug'ildi.
Bu sobor "umid minorasi" deb atalib, nafaqat toat-ibodat qilish va o'qitish dargohi, yoinki jamoatchilik markazi, balki butun mamlakat uchun umid va ilhom manbai bo'lishi lozim edi. Ammo buning oziga yarasha muammosi bor edi: bu ishga bir million dollar zarur edi. Doktor Shullyerga bu amalga oshmaydigan fikr deb uqtirishlariga qaramay, u yana o'n banddan iborat rejadan foydalandi:
1. Bir million dollar beradigan odamni topish.
2. Besh yuz ming dollardan beradigan ikki kishini topish.
3. Har biri ikki yuz ellik ming dollardan beradigan to'rt kishini topish.
4. Yuz ming dollardan. beradigan o'n kishini topish.
5. Ellik ming dollardan beradigan yigirma kishini topish.
6. Yigirma besh ming dollardan beradigan qirq kishini topish.
7. Yigirma ming dollardan beradigan ellik kishini topish.
8. O'n ming dollardan beradigan yuz kishini topish.
9. Besh ming dollardan beradigan ikki yuz kishini topish.
10. Ming dollardan beradigan ming kishini topish.
Pul topish ancha vaqt talab etdi, lekin u bulling uddasidan chiqdi! Shunga o'xshash o'n banddan iborat rejani har qanday maqsadga erishishda qo'llash mumkin.
 Ha, biznes masalalarida shunday reja yordam berishi mumkinligini tushunaman,  dedi yigitcha.  Lekin shaxsiy masalalarda-chi? Mening maqsadlarimdan biri  shahar tashqarisida ikki akr yen mayjud besh xonali imoratimga ega bo'lish. Hozir olayotgan maoshim bilan unga yetishning hech qanday imkoni yo'q. Nihoyati bir xonali kvartira olishga qurbim yetadi xolos!
 Shuning o'zi sizga hech narsadan darak bermaydimi? Agar lotoreya yutug'ini hisobga olmasangiz, daromadingizni ko'paytirish yo'llarini topishingiz mumkin. Siz o'z kompaniyangizda xizmat pillapoyalarida ko'tarilish yoki kelajagi yaxshiroq boshqa Ish izlash maqsadini oldingizga ko'ndalang qo'yishingiz mumkin. Hatto boshqa bir ishning boshini tutish haqida ham o'ylab ko'rish mumkin. Hech bo'lmaganda endi maqsadingizga erishishni ta'minlash uchun qandaydir o'zgarish, yangilanish tomon borishingiz zarurligini bilasiz.
Tushunaman, boshida allaqanday qiziq tuyulsa-da, o'n banddan iborat reja tuzishga urinib ko'ring. Keling, avval yillik daromadingizni qay tarzda oshirish to'g'risida oylab ko'raylik. Hozir qancha maosh olasiz?
 O'n besh ming funt,  javob berdi yigitcha.
 Tushunarli. Demak, basharti daromadingizni har yili ikki barobar oshirib borsangiz, besh yildan so'ng u 480000 funtga yetadi. Bu istaganingizday uy sotib olish uchun bemalol yetadi.
  Ha, lekin daromadimni qanday qilib ikki barobar oshiraman?  qat'iy davom etdi yigitcha.
 O'n banddan iborat reja yordamida. Miyangizga bu borada qanday fikrlaru g'oyalar kelsa, hammasini shunchaki yozib qo'ying.
  Xo'p,  dedi yigit.
  Men juda ko'p mehnat qilib, direktor darajasiga yetishim mumkin.
Bu holda yiliga 300000 funt topishim mumkin, deb o'ylayman.
  Ehtimol eng uzoq bo'lsa-da, bu ham imkoniyatlardan biri. Kompaniya direktori lavozimiga yetish uchun. odatda besh yildan ancha ko'proq muddat talab etiladi.
  Qo'limdan keladigan yana bir yagona yo'l shuki, bu men sotgan narsalardan tushadigan tushumga bog'liq maoshli ish topishdir.
  Ha, lekin bu juda yaxshi tushumli ish bo'lishi darkor,  dedi Xill xonim.  Siz balandroq malakani egallash to'g'risida nima deya olasiz? Bu sizga ko'proq maosh to'laydigan ish topish imkoniyatini berar edi.
 Lekin xarajatim shunday ham yetarli. Menga daromad zarur,  e'tiroz bildirdi yigitcha.
  Fikringizga qo'shilaman, lekin siz kechki o'quv dargohiga borishingiz mumkin.
  To'g'ri,  javob berdi yigit.  Bu haqda o'ylamabman.
  O'z shaxsiy biznesingizni boshlashga nima deysiz,  qiziqdi Xill xonim.
  Bu muammolarni hal etishning yaxshi imkoniyati,  dedi yigitcha.
  Lekin u qanday biznes bo'lishi mumkin?
  Bu borada yana puxta o'ylangan reja sizga asqotishi mumkin. Ko'pchilik odamlar hatto qaysi ish ularga zavq bag'ishlashi yoki ularning kuchli va kuchsiz tomonlari to'g'risida mutlaqo o'ylamay kasb tanlaydilar. Ular kelgusida qanday mavqega erishishlariga taalluqli hech qanday fikrga ham ega bo'lmaydilar. Bunday yo'lga kirgan inson uchun ish hayoliy ehtiyoji uchun pul topishdan bo'lak yo'riq emas. U bajarayotgan ishiga qiziqmaydi, undan zavqlanmaydi, shu yumushga nisbatan ko'tarinki ruh hissini sezmaydi. Oqibatda bunday kishilar o'z ishida hech nimaga erishmaydilar va butun umr sudralib yuraveradilar.
Yigitcha chuqur xo'rsinib qo'ydi. Xill xonimning gaplari uning holatiga aniq to'g'ri kelardi. U o'z ishiga nisbatan hech qanday ishtiyoq sezmasdi. Bu ish shunchaki uning hisoblarini to'lash uchun imkon beruvchi vosita edi xolos. U hech qachon o'tirib, qanday kasbning boshini tutsa, undan bahra olishini, qanday ish bajarishini xohlashini tanasiga o'ylab ko'rmagandi.   
 Basharti siz nimanidir yaxshi bajarishni istasangiz,  dedi Xill xonim,  bunday masalalar asosiy ahamiyat kasb etadi. Siz bajarayotgan ishingizdan zavq olmasangiz, shu ishning ustasiga aylanmasangiz, qilayotgan ishingiz yaxshi chiqishi gumon. Modomiki ishingiz yaxshi bajarilmasa, unga yaxshi haq olishingiz mumkinmi?
Bir ma'noli ibora bor: suygan ishingni qil, pulning o'zi keladi. Basharti nimagadir mehr bersangiz, shu ishning mohir ustasi bo'lishingiz uchun bor kuchingizni sarflashni istaysiz. Ko'pchilik insonlarda shuning teskarisi bo'ladi. Bu toifadagi kishilar ularga zavq bag'ishlovchi boshqa ishlarni bajarishga imkon beradigan pul topish maqsadida ishlaydilar. Natijada haftasiga besh kun mobaynida ularni kam qiziqtirgan mashg'ulot bilan shug'ullanishga vaqt sarflaydilar-da, oxir-oqibatda hech nimaga erishmaganlaridan hayratlanadilar.
Xill xonim yana yigitcha boshidan kechirayotgan holatni ta'riflardi.
-  Lekin, sizningcha kopchilik ishidan zavq oladimi?
- Juda kam kishi-javob berdi Xill xonim, - lekin ko'pchilik boymi?
- Fikringizni uqdim-dedi yigitcha. - Aytmoqchisizki, kasb tanllash yoki biznes boshlashda quyidagilar haqida jiddiy mulohaza yuritmoq darkor: bunday ish sizga zavq beradimi; sizning qobiliyatlaringizga mos keladimi; siz tanlagan soha mavqega erishish hamda moliyaviy maqsadlarga sizni yaqinlashtiradimi?
- Hammasi to'g'ri,- jilmaydi Xill xonim.
- Xo'sh, o'ylaymanki, bunda mano bor - dedi yigitcha. - Qani edi bundan bir necha yillar muqaddam kollejda oqib yurgan kezda bu haqda o'ylagan bo'lsam.
- Endi o'tmishni o'zgartirolmaysiz, - dedi Xill xonim. - Lekin o'z kelajagingizni yarata olasiz. Hamma gap buning uchun nimalar qilmoqchi ekaningizda.
- Bilmayman,  jayob berdi yigitcha - Aynan shuning uchun huzuringizdaman Nazarimda, oz biznesimni boshlash niyatidaman shekilli.
- Juda soz. Birinchi qiladigan ishingiz?..  so'radi Xill xonim.
- Haraktlarning oylangan rejasini tuzishmi? -savolga savol bilan javob berdi yigitcha.
- To'ppa-to'g'ri, - xitob qildi ayol. - Har qanday biznes uchun ana shu biznes asosi _ harakatlarning o'ylangan rejasi zarur Basharti, biznesingizni tashkil etish uchun qandaydir sababga ko'ra pul qarz olish zarur bolib qolsa, sizga mablag' ajratayotgan investor birinchi navbatda so'raydigan narsa  bu nazarda tutilayotgan biznesingizning batafsil rejasidir.
U hammasini puxta o'ylab chiqqaningizga ishonch hosil qilishni istaydi, axir u o'z tajribasidan biladiki, o'ylangan reja asosida harakat qilmasangiz, biznesda muvaffaqiyatga erishish amrimaholdir.
Shunday qilib, agar o'z shaxsiy biznesingizni tashkil etib, Haqiqiy Boylik yaratmoqchi bo'lsangiz, oldingizga qo'ygan masalalar to'g'risida mulohaza yuritib, keyin endi nima qilmoqchi bo'layotganingiz va buni qachon bajarish niyatidaligingizni rejalashtirishingiz darkor bo'ladi.
Yigitcha kechqurun yozganlarini o'qib chiqdi:
